Postinhalt
#Qabul_2025 ⚡️Ertadan qabul boshlanadi! 5-iyun kunidan boshlab, oliy va kasbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun qabul boshlanadi Qabul jarayoni 5-iyundan – 25-iyungacha (shu kuni ham) davom etadi. Qabul ikki bosqichda — “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq amalga oshiriladi. 📌 Birinchi bosqichda faqat fanlar majmuasi; -taʼlim tili; -test topshirish hududi tanlanadi. 📌 Ikkinchi bosqich test natijalari eʼlon qilinganidan soʻng, 15 kun davomida my.uzbmb.uzsayti orqali quyidagilarni tanlaydi: -oliy taʼlim muassasasi; -bakalavriat taʼlim yoʻnalishi; -taʼlim shakli; -tanlov ustuvorligi. 📌 Oliygohlarga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi. 📎 Abituriyent test sinovida toʻplagan ballarini imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga bilishi mumkin. Uning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani qabul jarayonining 2-bosqichi toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. ✅ Toshkent shaharOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining axborot xizmati. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter