TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Inhalt
Postinhalt
Gʻalabaga bag‘ishlanadi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Shu munosabat bilan, 10-iyun kuni Toshkent markazidagi Milliy kutubxona oldida joylashgan yoshlar shaharchasida bu ulkan yutuqni yoshlar birgalikda nishonlaydi. “Salom, Mundial!”maxsus dasturi doirasida poytaxt yoshlari uchun futbol namoyishlari, DJ setlar, lazerli shoular va taniqli san’atkorlar ishtirokida ajoyib kecha bo‘lib o‘tadi. Loyiha Toshkent shahar hokimligi, Kapitalbank, Uzum va Ucell ko‘magida tashkil etilmoqda. Gastroalleya — Safia brendidan. Axborot hamkorlari esa Daryo, Gazeta, Kun, Qalampir, Repost, Uznews va ChampionatAsia. 👉@xushnudbek👈