Postinhalt
🟥🟥🟥🟩🟩🟩 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2-mavsumini e’lon qiladi. 📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 23-iyunga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati: 🔴“Fozil odamlar shahri” (Abu Nasr Farobiy); 🔴“Usta va Margarita” (Mixail Bulgakov); ✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi: 🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5); 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet (6/128); 🔵4-o‘rin (4 nafar) – Smartfon (6/128); 🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smartfon (4/64). ✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi: 🔵1-o‘rin (1 nafar) – Planshet (6/128); 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smartfon (6/128); 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smartfon (4/64). 🔖 Tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi. ➡️Tanlov nizomi bilan tanishish Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang. Imkoniyatdan unumli foydalaning!