Postinhalt
🇨🇭🇺🇿2025-yil 12-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Shveytsariya tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonda professional ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” (VET4UZ) loyihasining navbatdagi yarim yillik Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda vazirlik, Shveytsariya elchixonasi, Helvetas loyihasi jamoasi, pilot texnikumlar, hamkor oliy ta’lim muassasalar va institutlar, shuningdek tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar birinchi vazir o‘rinbosari Shohruh Daliyev hamda Shveytsariya elchixonasining O‘zbekistondagi missiyasi rahbari o‘rinbosari va hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Andrin Fink kirish so‘zi bilan qatnashdi. Shohruh Daliyev o‘z nutqida VET4UZ loyihasi xalqaro tajribaga asoslangan va milliy ustuvor yo‘nalishlarga moslashtirilgan islohotlarni ilgari surishda vazirlikning ishonchli hamkoriga aylanganini ta’kidladi. U kasbiy standartlarni joriy etish, loyiha yutuqlarini boshqa texnikumlarga kengaytirish va loyiha ikkinchi bosqichida idoralararo hamkorlikni kuchaytirish muhimligini qayd etdi. O‘z navbatida, Andrin Fink Shveytsariya tomonining kasbiy ta’lim tizimidagi barqaror o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini tasdiqlab, loyiha kelgusi bosqichida hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanini bildirdi. Yig‘ilish davomida loyiha tomonidan 2025-yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan faoliyat natijalari ko‘rib chiqildi, ikkinchi yarim yillik uchun ustuvor vazifalar belgilandi, shuningdek, VET4UZ loyihasining ikkinchi bosqichi mazmuni va tuzilmasi bo‘yicha takliflar taqdim etildi — jumladan, muvaffaqiyatli amaliyotlarni kengaytirish, boshqa tuzilmalar bilan muvofiqlashtirish va asosiy hamkorlar ishtirokini oshirish masalalari muhokama qilindi. —————————— 🇨🇭🇺🇿On June 12, 2025, a semi-annual meeting of the Coordinating Committee of the Swiss project “Support to Vocational Education Reforms in Uzbekistan” (VET4UZ) was held at the Ministry of Higher Education, Science and Innovation of the Republic of Uzbekistan. The event brought together representatives from the Ministry, the Embassy of Switzerland, the Helvetas project team, pilot technicums, partner universities and institutes, as well as relevant ministries and agencies. Opening remarks were delivered by Shokhrukh Daliev, First Deputy Minister of Higher Education, Science and Innovation, and Andrin Fink, Deputy Head of Mission and Head of Cooperation at the Embassy of Switzerland in Uzbekistan. In his speech, Mr. Daliev emphasized that the VET4UZ project has become a reliable partner in advancing reforms based on international best practices and aligned with national priorities. He highlighted the importance of introducing new professional standards, expanding project results to other technicums, and strengthening inter-agency coordination during the second phase of the project. Mr. Fink, in turn, reaffirmed Switzerland’s commitment to supporting sustainable change in Uzbekistan’s vocational education system and expressed readiness to further strengthen the partnership in the upcoming phase. The meeting reviewed the results achieved by the project in the first half of 2025, defined priority objectives for the second half of the year, and presented proposals on the content and structure of the second phase of VET4UZ — including the scaling-up of good practices, enhanced coordination with institutions, and broader engagement of key partners.