Postinhalt
🎓 DAVLAT ATTESTATSIYASI – AMALIY BOSQICH 🍽 Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumining "Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" yo‘nalishi o‘quvchilari joriy yilning 23-iyun kuni “Food & Beverage menejeri” kvalifikatsiyasi bo‘yicha Davlat attestatsiyasi amaliy imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdilar. 📌 Amaliy imtihon jarayonida o‘quvchilar o‘zlarining nazariy bilimlarini real ish muhitida namoyish etdilar. Xizmat ko‘rsatish madaniyati, mijozlar bilan muloqot, buyurtmalarni professional tarzda qabul qilish va taom-servis qoidalarini to‘g‘ri qo‘llash kabi ko‘nikmalar sinovdan o‘tkazildi. ✅ Texnikum jamoasi barcha bitiruvchilarga kelgusi faoliyatlarida omad tilaydi va ularga mehmonxona biznesida yuqori cho‘qqilarni zabt etishlariga ishonadi! \#DavlatAttestatsiyasi \#Food&BManager \#TexnikumHayoti \#TurizmTexnikumi \#KasbiyTayyorlov \#AmaliyImtihon2025