TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #3185

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten598Zuel vun Usiichten
Publizéiert1. Juli01.07.2025 14:18
Inhalt

Postinhalt

📢XALQARO AMALIYOT DASTURI: YOSHLAR GERMANIYADA TAJRIBA ORTIRMOQDA!🇺🇿✈️🇩🇪 Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi Germaniyadagi Gyote-Institutning O‘zbekistondagi filiali, Flensburg Savdo-sanoat palatasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun xalqaro amaliyot dasturini amalga oshirdi. 🗓 2025-yil 1-iyul kuni Germaniyaning Sankt Peter-Ording shahriga jo‘nab ketayotgan 15 nafar iqtidorli o‘quvchilar uchun xalqaro kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. 👥 Tadbirda Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi rahbari, Toshkent shahar hokimligi vakillari, Gyote-Instituti, texnikum rahbariyati va o‘quvchilarning ota-onalari ishtirok etdilar. 🟢 Loyihaning moliyaviy ta’minoti: Toshkent shahar hokimiyati tomonidan texnikumning 6 nafar o‘quvchisi uchun Germaniyaga borish yo‘l xarajatlari to‘liq moliyalashtirildi. Mazkur tashabbus, ayniqsa, Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi rahbari tomonidan faol ilgari surilganligi bilan ahamiyatlidir. 👩‍🎓 Amaliyotga yuborilgan o‘quvchilar: Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumidan — 6 nafar Buxoro turizm va madaniy meros texnikumidan — 5 nafar Xiva turizm va madaniy meros texnikumidan — 4 nafar 🏨 Ular Germaniyadagi “Nordsee Kollektiv” mehmonxonalarida mehmonxona sohasida amaliyot o‘tashadi. 🎯 Ushbu loyiha O‘zbekiston professional ta’lim tizimida xalqaro amaliyotni ilk bor amalga oshirish tajribasini yaratdi. Kelgusida boshqa texnikumlarda ҳам bunday loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.