TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #3214

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten453Zuel vun Usiichten
Publizéiert4. Juli04.07.2025 12:20
Inhalt

Postinhalt

#Natija Toshkent shahriningtexnikum o‘quvchilari ilk bor Germaniyada amaliyot o‘tashadi Joriy yil yanvar oyida Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi hamda poytaxtdagi texnikumlar rahbarlaridan iborat ishchi guruhning Germaniyaga xizmat tashrifi doirasida Flensburg Savdo-sanoat palatasi va Toshkentdagi Gyote-instituti bilan uch tomonlama hamkorlik bitimi imzolangan edi. Ushbu kelishuvga asosan, Toshkent shahar hokimligi ko'magida Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumining iqtidorli o‘quvchilaridan iborat 6 kishilik guruh Germaniya Federativ Respublikasining Sankt Peter-Ording shahriga amaliyot o‘tash uchun jo‘nab ketdilar. Mazkur o‘quvchilar bir yil davomida Toshkentdagi Gyote-instituti tomonidan tashkil etilgan nemis tili kurslarida tahsil olib, A2–B1 darajasida til bilimiga ega bo‘ldilar. 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab loyiha doirasida Germaniyada amaliyot o‘taydigan o‘quvchilar sonini 50 nafarga yetkazish, shuningdek, elektronika va boshqa yo‘nalishlarda tahsil olayotgan yoshlarni ham jalb etish rejalashtirilgan. telegram | facebook | instagram