TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #3215

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten528Zuel vun Usiichten
Publizéiert4. Juli04.07.2025 12:43
Inhalt

Postinhalt

📌O‘quvchilarimiz Germaniyada amaliyotni boshladilar! 🇩🇪 Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumining xalqaro amaliyot dasturi doirasida Germaniyaga yo‘l olgan o‘quvchilarimiz Sankt Peter-Ording shahridagi “Nordsee Kollektiv” mehmonxonalar tarmog‘iga qarashli muassasalarda amaliyotlarini rasman boshladilar. 🏨O‘quvchilar quyidagi bo‘limlarda ish faoliyatini olib bormoqda: Food & Beverage (ovqatlanish xizmati) Housekeeping (xonalarni tayyorlash va tozalash) Front Office (qabulxona va mijozlar bilan ishlash) 🌅Bo‘sh vaqtlarida esa ular: Sankt Peter-Ording shahrining betakror tabiat manzaralarini tomosha qilmoqdalar, Shimoliy dengiz qirg‘oqlarida dam olishmoqda, Mahalliy madaniyat va turmush tarzini o‘rganmoqdalar. Bu nafaqat kasbiy ko‘nikma, balki shaxsiy rivojlanish, til amaliyoti va xalqaro tajriba uchun katta imkoniyatdir. 🔜 Biz sizlarni o‘quvchilarimizning kundalik faoliyati va taassurotlari bilan doimiy tanishtirib boramiz!