Postinhalt
🎓Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida poytaxt bitiruvchi yoshlarining bandligini ta’minlashga qaratilgan uchrashuv va bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi 📖 Joriy yilning 10-iyul kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi, “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi hamda 50 dan ziyod xususiy tadbirkorlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlashga qaratilgan ochiq muloqot va bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o'tdi. 💭Muloqotda poytaxtimizdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, 2 mingdan ziyod bitiruvchi talaba-yoshlar, yirik tadbirkorlar va soha korxona-tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Uchrashuvda soha vakillari va mas’ul mutasaddilar tomonidan talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, kasbga yo‘naltirish va bandlik masalalari muhokama qilindi. Tadbir doirasida bitiruvchi kurs talabalari uchun muvaffaqiyatga erishgan taniqli tadbirkorlar ishtirokida “Biznes marafon” motivatsion seminar-trening hamda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilib, bitiruvchilarga real ish takliflari taqdim qilindi. Tadbir davomida poytaxdagi yirik tadbirkorlar, oliy ta’lim muassasalarining rektorlari va bitiruvchi yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot o‘tkazilib, bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot