Postinhalt
#XalqaroAmaliyot 🌍 Texnikum o‘quvchilari Germaniyada amaliyot o‘tamoqda! Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumining iqtidorli o‘quvchilari hozirda Germaniyaning yetakchi mehmonxona va servis tarmoqlarida amaliyot o‘tamoqdalar. Ushbu xalqaro amaliyot dasturi doirasida: – Talabalar zamonaviy xizmat ko‘rsatish texnologiyalari bilan tanishmoqda; – Mehmonxona menejmenti, mijozlar bilan ishlash va xalqaro servis madaniyati bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni oshirmoqda; – Germaniya tajribasini o‘zlashtirish orqali kelajakdagi kasbiy faoliyatiga asos yaratmoqda. Hamkorlik doirasida tashkil etilgan bu amaliyot dasturi: 🔹 O‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, 🔹 Xalqaro tajriba almashinuvi orqali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, 🔹 O‘zbekiston turizm infratuzilmasini malakali kadrlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi. 💫Bu kabi tashabbuslar yoshlar uchun yangi ufqlarni ochib, ularni global mehnat bozoriga tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamdir. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram |Facebook | Telegram-bot