TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #3292

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten738Zuel vun Usiichten
Publizéiert17. Juli17.07.2025 14:26
Inhalt

Postinhalt

Kasbiy ta’lim – real amaliyot – barqaror bandlik yo‘lida muhim hamkorlik! 2025-yil 17-iyul kuni, Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasida yoshlarning zamonaviy kasb-hunarga egaligi, amaliy ko‘nikmalari va mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish maqsadida yana bir muhim qadam tashlandi. Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi va yurtimizdagi yetakchi gastronomiya tarmog‘i — AB Group (Novikov) restoran xoldingi o‘rtasida o‘zaro manfaatli Memorandum imzolandi. Ushbu Memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad, texnikum o‘quvchilarini tajriba va amaliyotga yo‘naltirish, nufuzli restoran va mehmonxona majmualarida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga amaliy hissa qo‘shishdan iborat. Hamkorlik ikki tomonlama manfaatdorlik asosida texnikum bitiruvchilarining kasbiy tayyorgarligini oshirish, ularni ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot