TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #3312

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten443Zuel vun Usiichten
Publizéiert23. Juli23.07.2025 13:12
Inhalt

Postinhalt

🎓 Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi va talabalari uchun “YOSH GIDLAR MAKTABI” DASTURIga start berilmoqda! 🎯Dastur maqsadi: Turizm va gidlikka qiziqqan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash; Tajribali gidlar bilan “ustoz-shogird” tizimida stajirovka tashkil etish; Yozgi ta’tilni mazmunli va samarali o‘tkazish. ❇️Dastur bosqichlari: - dasturda qatnashish istagida boʻlgan oliy va kasbiy taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalarini saralash; - “Yosh gidlarni tayyorlash” bo'yicha qisqa muddatli kursda o'qish (4 hafta); - oʻquvchi va talabalarga tajribali gidlarni biriktirish orqali 15 kunlik stajirovka tashkil etish. ✅Ishtirokchilarga beriladigan imkoniyatlar: ▪️Tajribali gidlar bilan stajirovka (15 kun); ▪️Yo‘l haqi (500 ming so‘m) va yashash xarajatlari (1 mln so‘m) uchun moliyaviy ko‘mak; ▪️30% chegirma bilan gid-tarjimonlar tayyorlash bo'yicha 6 oylik to'liq kursda o‘qish huquqi. 🗓 Arizalar qabul qilinadi: 📅 22–26 iyul, 2025-yil 📧Ariza va 200–300 so‘zlimotivatsiya xatlarini quyidagi oliy ta’lim muassasasining elektron manziliga yuboring. ❗️Nomzodlar kamida bitta horijiy tilni bilishi zarur. 🏫Kurslar o‘tkaziladigan OTMlar:1️⃣Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ([email protected]); 2️⃣O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ([email protected]) 3️⃣“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti ([email protected]) 4️⃣Urganch davlat universiteti ([email protected]) 5️⃣Samarqand davlat chet tillari instituti ([email protected]) 6️⃣Andijon davlat chet tillari instituti ([email protected]) 7️⃣Buxoro davlat universiteti ([email protected]) Biznikuzating Facebook | Instagram |YouTube|Telegram