TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #3777

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten707Zuel vun Usiichten
Publizéiert16. Okt.16.10.2025 05:36
Inhalt

Postinhalt

#jadidlar Jadidlar merosini o‘rganish, anglash – ildizi baquvvat daraxtga aylanish imkonidir Jadidchilik yoki jadidizm (arabcha jadīd - yangi) - 19-asr oxiri 20-asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, maʼrifiy harakat. Jadidchilik dastlab 19-asrning 80-yillarida Qrimda vujudga keldi. 19-asrning 90-yillaridan Oʻrta Osiyoda tarqaldi. Jadidchilik avvaliga madaniyat sohasidagi harakat sifatida faoliyat yuritgan. Bu oqim vakillari taraqqiyot uchun kurashish, turkiy tillarni rivojlantirish, shu tillardagi adabiyotni boyitish, dunyoviy ilmlarni oʻrganish, yoshlarni rivojlangan xorijiy davlatlarda o'qishga yuborish, u yerda tahsil olib kelib, yurt va millat uchun xizmat qilish g'oyalarini ilgari suradi. Yaqin tarixda o‘tgan jadid bobolarimiz millat oydinlari edi. Ular ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-ilmiy, moddiy-texnikaviy sohalarda yangilikka intilishdi. Inson hurligini qadrlashdi. Vatan istiqloli va millat istiqboli uchun jon fido qilishdi. Biz jadid ziyolilari, fidoyi bobolarimiz orzu qilgan istiqlol zamonida ularni yodga olamiz. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot