TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #3846

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten481Zuel vun Usiichten
Publizéiert29. Okt.29.10.2025 16:59
Inhalt

Postinhalt

🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🗣“Yilning eng faol o‘quvchisi – 2025” tanloviga start berildi! ☑️Siz bilimdon, iqtidorli, sportchi yoki ijodkor bo‘lsangiz – bu tanlov aynan siz uchun! 🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Yilning eng faol o‘quvchisi – 2025” respublika tanlovini e’lon qiladi. 📆Tanlov 2 bosqichda: birinchi ta’lim muassasasi miqyosida (15-noyabrgacha) hamda ikkinchi Respublika bosqichi (dekabr oyida) o‘tkaziladi. 🎁 Tanlov g‘oliblari Vazirlik tomonidan diplom, statuetka hamda 1-o‘rin – televizor, 2-o‘rin – planshet va 3-o‘rin – maxsus sovg‘alar bilan taqdirlanadi. ➡️Tanlov nizomi bilan tanishish 🏆Tanlovda quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha eng faol, iqtidorli, tengdoshlariga namuna bo‘ladigan g‘olib o‘quvchilar aniqlanadi: 🔵 Yilning eng bilimdon o‘quvchisi; 🔵 Yilning eng faol targ‘ibotchi o‘quvchisi; 🔵 Yilning eng faol ixtirochi-innovator o‘quvchisi; 🔵 Yilning eng faol sportchi o‘quvchisi; 🔵 Yilning eng iqtidorli o‘quvchisi. Tanlovda ishtirok etish uchun ta’lim muassasangiz ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullariga murojaat qiling va o‘qishdagi yutuqlaringiz, ijodiy ishlaringizni taqdim eting. Bizni kuzating: 📱Instagram| 📺YouTube|🕊Telegram