Postinhalt
📚 YUNESKO loyihasi doirasidagi o‘quv seminari! 28–30-oktyabr kunlari Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan YUNESKOning xalqaro trenerlari “O‘zbekistonning qishloq joylarida ishga joylashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida “Kattalarni o‘qitishda ta’lim jarayonlarini tashkil etish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. 🔹 Ushbu seminarda Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi o‘qituvchilari — Kamola To‘xirova, Dilnoza Tairova va Saida Aliyeva faol ishtirok etdilar. Seminar davomida zamonaviy o‘qitish metodlari, kattalar ta’limida innovatsion yondashuvlar va ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari muhokama qilindi. Mazkur loyiha o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. 🌍✨ #ToshkentTurizmTexnikumi#YUNESKO#YevropaIttifoqi#Ta’lim #Seminar#KattalarTa’limi #ProfessionalRivojlanish