Postinhalt
📍 Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida mahorat darsi! Bugun texnikumimizda “Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish” yo‘nalishi o‘quvchilari uchun AB GROUP xolding kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi. 🍰 “Sorrento” loyihasi shef-konditeri Vdovina Valeriya o‘quvchilar bilan o‘zining tajribasi, zamonaviy konditerlik sir-asrorlari hamda amaliy ko‘nikmalarini bo‘lishdi. Mazkur uchrashuv o‘quvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ularni amaliyotga yaqinlashtirish va mehnat bozorida raqobatbardosh kadr sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. 👏 Tashabbus uchun AB GROUP jamoasiga va Vdovina Valeriya xonimga minnatdorchilik bildiramiz! #ToshkentTurizmTexnikumi#ABGroup#Sorrento#MahoratDarsi#ShеfKonditer#KasbiyTajriba#TurizmVaMehmonxonaMenejmenti#OshpazlikSan’ati #ProfessionalO‘sish