Postinhalt
📚 Maxsus fanlar kafedrasidan ochiq dars! 💼 Bugun Maxsus fanlar kafedrasi o‘qituvchilari Aliyeva Saodat Kabulovna va Ikromova Kamola Xuseyinovna tomonidan 9-25-guruh o‘quvchilari bilan “Biznes asoslari” fanidan “Jamg‘arma o‘yini” loyihasi asosida ochiq dars o‘tkazildi. 🇩🇪 Ushbu dars Germaniyaning “Sparkasse” loyihasi doirasida tashkil etilib, o‘quvchilarda moliyaviy savodxonlik, to‘g‘ri jamg‘arish va byudjetni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi. 💡 Dars davomida o‘quvchilar jamoaviy ishlash, iqtisodiy fikrlash va moliyaviy mas’uliyatni his etish borasida amaliy tajriba orttirdilar. ✨ Bunday ijodiy va motivatsion darslar yoshlarimizni bozor iqtisodiyoti sharoitida faol, mas’uliyatli va tashabbuskor fuqarolar sifatida shakllantirishga xizmat qiladi. 👏 Shunday samarali loyihaviy darslarni tashkil etgan ustozlarimizga minnatdorchilik bildiramiz! 🌟 #BiznesAsoslari#OchiqDars#SparkasseLoyihasi#MoliyaviySavodxonlik#ToshkentTurizmTexnikumi