Postinhalt
🥇 Toshkent shahar jamoasi — “Barkamol avlod – 2025” sport musobaqasining dzyudo yo‘nalishida respublika g‘olibi! Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahrida akademik litseylar hamda kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida “Barkamol avlod – 2025” sport musobaqasining dzyudo turi bo‘yicha respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada mamlakatning barcha hududlaridan kelgan 11 ta jamoa tarkibidagi 200 nafarga yaqin yosh sportchilar tatami ustida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. 🏆Toshkent shahar jamoasi umumjamoa hisobida faxrli 1-o‘rinni egalladi. Poytaxt jamoasi a’zolari musobaqada 8 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, yuqori natija qayd etdilar. Mazkur yutuq yoshlarimizning mehnatsevarligi, sportga bo‘lgan sadoqati hamda murabbiylar fidoyiligining yorqin ifodasidir. Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi jamoasi g‘olib sportchilarni samimiy tabriklaydi hamda kelgusidagi sport musobaqalarida ularga yangi zafarlar tilaydi! Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot