Postinhalt
📣 SPORT YANGILIKLARI — MUHIM XABAR! Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi 11-25 “Oshpazlik” yo‘nalishi o‘quvchisi Ruzieva Kamila O‘zbekiston Muay-tay federatsiyasining rasmiy xati asosida 10–16 noyabr kunlari Toshkent shahridagi “Universal” sport saroyida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida ishtirok etmoqda! 🥊🔥 Federatsiya tomonidan Kamilani musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rishi uchun muntazam mashg‘ulotlarga jalb etish bo‘yicha texnikumga rasmiy murojaat yo‘llangan bo‘lib, bu uning mehnati, intilishi va salohiyatining e’tirofidir. 💪✨ Bizning iqtidorli o‘quvchimiz Kamila hozirda mas’uliyatli musobaqa uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda va final bosqichiga chiqish imkoniyatiga ega kuchli sportchilar qatorida! 🏆 Kamilaga Osiyo chempionatida ulkan zafarlar tilaymiz! Texnikum jamoasi seni qo‘llab-quvvatlaydi va faxrlanadi! 👏🇺🇿 #TTMMT#MuayThai#OsiyoChempionati#SportYulduzi#RuzievaKamila