TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #3985

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten579Zuel vun Usiichten
Publizéiert20. Nov.20.11.2025 14:57
Inhalt

Postinhalt

📌 Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida profilaktik tadbir Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida “Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi” hamda “Giyohvandlik va psixotrop moddalar ta’siriga qarshi kurash” mavzularida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirga Yashnobod tumani IIO FMB HPB Kiber jinoyatlarga qarshi kurash bo‘linmasi boshlig‘i, mayor Tashimov N., shuningdek, IIV Malaka oshirish instituti dotsenti, polkovnik Ahmedov I. taklif etildi. 🎯 Tadbir davomida quyidagi masalalar yoritildi: 🔹 Kiber madaniyat va internetdan xavfsiz foydalanish qoidalari 🔹 Yoshlar orasida uchrayotgan kiber jinoyatlarning oldini olish 🔹 Giyohvandlikning zararli oqibatlari va psixotrop moddalarning xavfi 🔹 Huquqbuzarliklarning oldini olishda yoshlarning mas’uliyati Mazkur uchrashuv o‘quvchilarda huquqiy madaniyatni oshirish, internet makonidan to‘g‘ri foydalanish va salbiy illatlardan yiroq bo‘lish bo‘yicha muhim tushunchalar berdi.