TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Inhalt
Postinhalt
🌱 Yashil makon — yashil kelajak! 🌳 Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi ko’ngilli o‘quvchilari va jamoasi “Yashil makon” dasturi doirasida navbatdagi ezgu tashabbusni amalga oshirdi. Tehnikum jamoasi tomonidan Yashnobod tumani “Bog‘bon” MFY hududiga 150 ta mevali daraxt ko‘chatlari ekildi. 🍏 Mevali daraxtlarning ekilishi nafaqat atrof-muhitni obodonlashtirish, balki kelajak avlod uchun sog‘lom ekologik muhit yaratishga xizmat qiladi. 🌿 O‘quvchilar ushbu tashabbus orqali tabiatga mehr, ekologik madaniyat va mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdi. Biz birgalikda yashil va barqaror kelajak yaratamiz! 🤝🌍