Postinhalt
📣 Toshkent Turizm va Mehmonxona Menejment Texnikumida ro‘mol o‘ragan qizlar bilan suhbat tashkil etildi Toshkent Turizm va Mehmonxona Menejment Texnikumida yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash maqsadida ro‘mol o‘ragan qizlar bilan samimiy suhbat o‘tkazildi. Tadbirda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari N. Najimitdinova hamda xotin-qizlar maslahati kengashi raisi K. Ikramova ishtirok etib, o‘quvchi qizlar bilan ochiq muloqot olib bordilar. Suhbat davomida qizlarning o‘qishga bo‘lgan munosabati, ularning qiziqishlari, ijtimoiy hayotdagi faolligi, shuningdek, o‘zaro hurmat, odob-axloq va texnikumda yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi. Qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, mutaxassislar tomonidan amaliy tavsiyalar oldilar. Bunday muloqotlar texnikumimizda sog‘lom muhit yaratish, qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning faolligini oshirishga xizmat qiladi. 🤝 Ochiq suhbat — mustahkam ishonch va ijobiy muhit garovi!