Postinhalt
#Konstitutsiya_darsi#TTMMT Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-yilligiga bag‘ishlangan “Konstitutsiya darsi” deb nomlangan mashg'ulot tadbiri o‘tkazildi. Mazkur dars mashg‘uloti texnikumning fan o‘qituvchilari Gulnoza Tilavkulova va Saodat Aliyeva tomonidan olib borildi. O‘qituvchilar ishtirokchilarni bayram bilan tabriklab, Konstitutsiyaning qabul qilinishi, uning yaratilish jarayoni va tarixiy ahamiyati haqida dastlabki ma’lumotlar berdilar. Shundan so'ng, Konstitutsiyaning bo‘lim va boblari, inson huquq va erkinliklari kafolatlari, davlat boshqaruvi tizimidagi belgilanayotgan o‘zgarishlar, islohotlar mazmuni haqida talabalarga tushuntirib berildi. Tadbir yuqori saviyada, ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega tarzda o‘tdi. 🔎https://t.me/ttmmtrasmiy