Postinhalt
🇺🇿 Konstitutsiya kuni munosabati bilan devoriy gazetalar ko‘rgazmasi! Bugun Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan talaba-yoshlar tomonidan yaratilgan deovoriy gazetalar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 📌 Ko‘rgazmada har bir guruh o‘z ijodiy yondashuvi, tarixiy ma’lumotlar, Konstitutsiyaning ahamiyati va undagi asosiy tamoyillarni yoritgan holda o‘z ishlarini taqdim etdi. 📌 Devoriy gazetalar o‘quvchilarning yurtimiz tarixiga bo‘lgan hurmati, Vatanga sadoqati va huquqiy bilimlarga bo‘lgan qiziqishini yana bir bor namoyon etdi. 📌 Tadbir yoshlar o‘rtasida Konstitutsiyaga hurmat, qonunlarga rioya qilish madaniyatini mustahkamlashga xizmat qildi. Barcha ishtirokchi o‘quvchilarga ijodiy yondashuvlari, tashabbuskorligi va faol ishtiroklari uchun minnatdorchilik bildiramiz! 🇺🇿 Yurtimiz Konstitutsiyasi — kelajagimizning mustahkam poydevori!