TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #4134

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten428Zuel vun Usiichten
Publizéiert12. Dez.12.12.2025 12:44
Inhalt

Postinhalt

🎉 Texnikumimiz VET4UZ loyihasi doirasida faxrli mukofotga sazovor bo‘ldi! 2021–2025 yillar davomida Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan VET4UZ – “O‘zbekistonda kasbiy ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasining birinchi bosqichi yakuniga bag‘ishlangan tadbirda Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi alohida e’tirof etildi. 🇨🇭 Helvetas Swiss Intercooperation tomonidan texnikumimizga: 🏆“BEST EXAMPLE FOR SELF-EVALUATION” (O‘z-o‘zini baholash bo‘yicha eng yaxshi namuna) nomli faxriy sertifikat topshirildi. Mazkur mukofot texnikumimizning: ✔️ ta’lim jarayonini baholashda oshkoralik, ✔️ sifatni uzluksiz yaxshilash, ✔️ xalqaro talablarga mos yondashuvlarni joriy etish borasidagi yuksak natijalarini e’tirof etadi. Bu natija — jamoamizning mehnati, fidoyiligi va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan izchil sa’y-harakatlarining yorqin tasdig‘idir. Biz bundan buyon ham turizm va mehmonxona xizmatlari yo‘nalishida malakali, raqobatbardosh va zamonaviy bilimga ega kadrlarni tayyorlashda davom etamiz!