Postinhalt
❗️O'zbekiston yoshlari "Dubay-2025 V para Osiyo o'yinlari"da birinchi bo'ldi BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan V yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, tarixiy natija qayd etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi tantanali kutib olindi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston yosh para sportchilari 🥇99 ta oltin, 🥈57 ta kumush va🥉41 ta bronza, jami 197 tamedalni qo‘lga kiritdi hamda 35 ta davlat orasida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Oʻzbekiston delegatsiyasi sportning 🏃♂️ para yengil atletika, 🥋 para taekvondo, 💪 bochcha, 🏊♀️ para suzish, 💪 para armrestling, 🥏 para pauerlifting sport turlari boʻyicha ishtirok etdi. ℹ️Ma`lumot uchun: 2021-yil Bahraynda o'tkazilgan IV para Osiyo o'yinlarida sportchilarimiz 16 ta medal (11 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza) olib, umumjamoa hisobida 6-o'rinni egallashgan edi. 👉@xushnudbek👈