TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Inhalt
Postinhalt
📌 Muhim mavzuda suhbat bo‘lib o‘tdi Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida qizlar bilan “Erta turmushning salbiy oqibatlari” mavzusida mazmunli va ochiq muloqot tashkil etildi. 👩⚕️ Suhbatda tuman tuman tibbiyot birlasmasi shifokori, ginekolog Xayrullayeva Nilufar ishtirok etib, erta turmushning qizlar salomatligi, ruhiy holati va kelajak hayotiga ta’siri haqida batafsil ma’lumot berdi. 💬 Tadbir davomida qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan bevosita javob oldilar. 🌸 Bunday uchrashuvlar yoshlarning ongli qaror qabul qilishi va sog‘lom kelajak sari qadam qo‘yishida muhim ahamiyat kasb etadi.