TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #4199

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten290Zuel vun Usiichten
Publizéiert24. Dez.24.12.2025 03:14
Inhalt

Postinhalt

WorldSkills V Milliy kasblar chempionatiga start berildi Bugun Buxoro turizm va madaniy meros texnikumida «WORLDSKILLS BUKHARA — 2025»V Milliy kasblar chempionatining respublika final bosqichining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Botirjon Shahriyorov, Buxoro viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi rahbariyati, shuningdek, respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyurgan yosh ishtirokchilar hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar WorldSkills harakati mamlakatimizda kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda pedagog kadrlarning zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash salohiyatini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar. Tantanali ochilish marosimidan so‘ng ishtirokchilar tanlangan yo‘nalishlar bo‘yicha sinov maydonlarida dastlabki bellashuvlarni boshladilar. Joriy chempionat doirasida 2 ta yo‘nalish — “Restoran xizmati” va “Mehmonxona administratori” bo‘yicha 10 nafarga yaqin yosh ishtirokchi o‘z kasbiy mahoratini namoyish etmoqda. Bizni kuzatishda davom eting Telegram | Facebook |YouTube |Instagram