TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #4210

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten284Zuel vun Usiichten
Publizéiert24. Dez.24.12.2025 03:14
Inhalt

Postinhalt

BUXORODA “WORLDSKILLS BUKHARA — 2025” RESPUBLIKA FINAL BOSQICHI DAVOM ETMOQDA Ayni vaqtda Buxoro viloyatida “WorldSkills Bukhara — 2025” V Milliy kasblar chempionatining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli musobaqa doirasida ishtirokchilar 2 ta kasb yo‘nalishi — “Restoran xizmati” hamda “Mehmonxona administratori” bo‘yicha o‘zaro bellashmoqda. Musobaqa jarayonida yosh mutaxassislar mehmonxona va restoran servisi sohasidagi kasbiy mahorati, amaliy ko‘nikmalari hamda xalqaro standartlarga mos bilimlarini namoyish etmoqda. Bahslar xalqaro talablar asosida, malakali ekspertlar ishtirokida o‘tkazilmoqda. Bizni kuzatishda davom eting Telegram | Facebook |YouTube |Instagram