Postinhalt
🎖 Vatan himoyachilari — faxrimiz va g‘ururimiz! 🇺🇿 Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilishining 34 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mazmunli uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Yashnobod tumani 170-maktab o‘quvchilaridan tashkil topgan “Vatan tayanchi” otryadi a’zolari hamda “Shunqor” trening harbiy-vatanparvarlik sport klubi tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi. 📌 Uchrashuv davomida: — harbiy-vatanparvarlik ruhidagi ko‘rgazmali chiqishlar — jismoniy va amaliy mashg‘ulotlar — saf tayyorgarligi namoyishlari — yoshlar uchun vatanparvarlik darslari o‘tkazildi. So‘zga chiqqan zahiradagi podpolkovnik Nuriyev G‘.I. hamda harbiy mutaxassis Mamajonov Y. Qurolli Kuchlarimiz tarixi, bugungi qudrati va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi armiyaning o‘rni haqida batafsil ma’lumot berdilar. 🇺🇿 Vatan himoyachilari — xalqimizning tayanchi, yurtimiz tinchligi va osudaligining mustahkam kafolatidir!