Postinhalt
#JadidlarMerosi Milliy uygʻonish davrining yirik vakillaridan biri, shoir va tarjimon Saidahmad Hasanxoʻja oʻgʻli Siddiqiy Saidahmad Hasanxoʻja oʻgʻli Siddiqiy – Ajziy 1864-yilda Samarqand viloyati Jomboy tumani Halvoyi qishlog‘ida tug‘ilgan. U dastlabki ta’limni uyda olib, Samarqand va Buxoro madrasalarida tahsil olgan, sharq klassik adabiyotini chuqur o‘rgangan hamda arab, fors, ozarboyjon va rus tillarini egallagan. 1903-yilda Halvoyi qishlog‘ida yangi usuldagi maktab ochib, ta’lim-tarbiya ishlarini yo‘lga qo‘ygan. Siddiqiy Ajziy L.Tolstoy, I.Krilov, N.Gogol asarlarini o‘zbek va tojik tillariga tarjima qilgan, “Ayn ul-adab”, “Ganjinai hikmat”, “Mir’oti ibrat”, “Anjumani arvoh” kabi asarlari orqali ilm-ma’rifat va millat ravnaqi g‘oyalarini targ‘ib etgan. 1903-yilda Halvoyi qishlogʻida shoirning oʻzi qurdirgan maktab hali ham mavjud boʻlib, hozir ham uning nomida. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot