TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #4268

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten393Zuel vun Usiichten
Publizéiert25. Dez.25.12.2025 13:15
Inhalt

Postinhalt

Texnikum o‘quvchilari uchun qishki ta'til muddati belgilandi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilidagi qishki ta’til muddati tasdiqlandi. Unga ko‘ra, qishki ta’til 2025-yil 28-dekabr kuni boshlanib, 2026-yil 10-yanvar kuniga qadar davom etadi. 📌Ta’til davomida: • kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻqituvchilari uchun Germaniya metodikasi asosida ishlab chiqilgan “Karyerani rivojlantirish” maxsus kursi hamda “SCAFFOLD” metodikasi boʻyicha oʻquv seminarlari tashkil etiladi; • taʼlim muassasalari va korxonalar oʻrtasida tuzilgan amaliyot shartnomalari monitoringi o'tkaziladi Shuningdek, Transport vazirligi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda qo‘shimcha qatnov va qulayliklar tashkil etiladi. 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvargacha o‘quvchilar temir yo‘l hamda avia chiptalarini 50 % chegirma bilan xarid qilishi mumkin. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot