TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #4281

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten287Zuel vun Usiichten
Publizéiert27. Dez.27.12.2025 04:20
Inhalt

Postinhalt

#PrezidentMurojaatnomasi “Eng muhim yutuqlarimiz haqida so‘z yuritganda, azm-u shijoatli sportchilarimizning nufuzli xalqaro musobaqalarda erishgan g‘alabalarini mamnuniyat bilan ta’kidlash o‘rinlidir”, – dedi davlatimiz rahbari. Avvalo, O‘zbekiston futboli uchun 2025-yil chinakam tarixiy yil bo‘ldi. Milliy terma jamoamiz ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Mohir shaxmatchilarimiz jahon kubogida munosib ishtirok etdi. Ayniqsa, navqiron grossmeysterimiz Javohir Sindorov jahon kubogining eng yosh sohibi bo‘lgani barchamizga yuksak g‘urur bag‘ishlaydi. O‘tgan haftada 9-17 yoshli shaxmatchilar o‘rtasida rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionatida yurtimiz vakillari 5 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Jasorat va matonat sohibi bo‘lgan sportchilarimiz bu yilgi yoshlar o‘rtasidagi Paraosiyo o‘yinlarida 125 ta oltin, 77 ta kumush va 52 bronza medalini qo‘lga kiritib, ishtirokchi davlatlar orasida eng yuqori natijani qayd etdi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot