TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #4297

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten398Zuel vun Usiichten
Publizéiert27. Dez.27.12.2025 16:19
Inhalt

Postinhalt

🔥WORLDSKILLS BUKHARA — 2025🔥 🇺🇿V Milliy Kasblar Chempionati 4 kun davom etgan milliy chempionat o‘z nihoyasiga yetdi. Hotel Reception (Hotel Receptionist) — 56 WSI yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi yakuniy natijalar qayd etildi. 📊YAKUNIY NATIJALAR: 🥇Eshniyozov Ozodbek Naim o‘g‘li *Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi* 🥈Bekmirzoyev Umed Farxodovich *Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi* 🥉Soibov Abdulaziz Azimjon o‘g‘li *Andijon turizm va madaniy meros texnikumi* 🥉Rahimova Sabrina Radik qizi *Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi* 🥉Nabiyeva Malika Faxriddin qizi *Zomin turizm va madaniy meros texnikumi* 📌Muhim eslatma: Baholash 100 ballik tizim asosida olib borildi. Ishtirokchilar tomonidan 75 foizdan kam ball to‘plangani sababli Milliy chempionat g‘oliblari aniqlandi, biroq WorldSkills Shanghai xalqaro chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma berilmadi. 🌍WorldSkills Shanghai chempionatiga yo‘llanma olish shartlari Mazkur yo‘nalishda ishtirok etgan 5 nafar ishtirokchining barchasi xalqaro chempionatga borish imkoniyatiga ega. Yakuniy tanlov quyidagi majburiy talablar asosida amalga oshiriladi: 1️⃣ Talab — Ingliz tili kompetensiyasi — Ishtirokchi va uning o‘qituvchisi ingliz tilini B2 darajada bilishi shart — Ushbu holat Milliy sertifikat (rasmiy hujjat) bilan tasdiqlanishi lozim 2️⃣ Talab — Qo‘shimcha sinov (progon) 📅2026-yil 20–25-mart kunlari qo‘shimcha baholash o‘tkaziladi 🏆 5 nafar ishtirokchi orasidan eng yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchi va uning o‘qituvchisi ➡️WorldSkills Shanghai chempionatiga yuboriladi 3️⃣ Talab — Professional imtihon — Ishtirokchilar WorldSkills standartlari va modullaridan ingliz tilida imtihon topshiradilar 4️⃣ Talab — Moliyaviy barqarorlik — Xalqaro musobaqada ishtirok etish bilan bog‘liq tashkiliy va moliyaviy majburiyatlarni bajarish imkoniyati mavjud bo‘lishi lozim 5️⃣ Talab — Kasbiy professionallik va axloq-odob qoidalari — Ishtirokchi va uning o‘qituvchisi WorldSkills Etika kodeksi, xizmat madaniyati va kasbiy odob-axloq normalariga qat’iy rioya qilishi shart — Intizom, halollik, mas’uliyat va professional muloqot madaniyati yakuniy qaror qabul qilishda asosiy mezonlardan biri hisoblanadi 💬Xulosa: WorldSkills — bu musobaqa emas. WorldSkills — bu kasbiy ta’limning kelajagi. 👏 Barcha ishtirokchilar, ustozlar va tashkilotchilarga chin dildan minnatdorlik bildiramiz! #WorldSkillsBukhara2025 #HotelReception #56WSI #MilliyChempionat #KasbiyMahorat #WorldSkillsUzbekistan