Postinhalt
Buxoroda V Milliy ishchi kasblar chempionati yakunlandi Buxoro shahrida Kasbiy ta'lim agentlgi hamda WorldSkills Uzbekistan hamkorligida «WORLDSKILLS BUKHARA — 2025» V Milliy kasblar chempionatining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa “Restoran xizmati” va “Mehmonxona administratori” yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etildi. Yakuniy bosqichda ishtirokchilarning kasbiy mahorati, amaliy ko‘nikmalari hamda xalqaro standartlarga mos bilimlari baholanib, g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. “Restoran xizmati” yo‘nalishi bo‘yicha yakuniy natijalar: 1-o‘rin — Zaripov Nodirshox Naimovich (Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi) 1-o‘rin — Safarov Timur Maxammataliyevich (Marg‘ilon turizm va madaniy meros texnikumi) 2-o‘rin — Akobirov Jahongir Rustamovich (Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi) 3-o‘rin — Sobirova Nafisa Marufjon qizi (Andijon turizm va madaniy meros texnikumi) “Mehmonxona administratori” yo‘nalishi bo‘yicha: 1-o‘rin — Eshniyozov Ozodbek Naim o‘g‘li (Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi) 2-o‘rin — Bekmirzoyev Umed Farxodovich (Samarqand turizm va madaniy meros texnikumi) 3-o‘rin — Soibov Abdulaziz Azimjon o‘g‘li (Andijon turizm va madaniy meros texnikumi) 3-o‘rin — Rahimova Sabrina Radik qizi (Buxoro turizm va madaniy meros texnikumi) 3-o‘rin — Nabiyeva Malika Faxriddin qizi (Zomin turizm va madaniy meros texnikumi) Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Chempionat doirasida madaniy dastur ham namoyish etildi. Bizni kuzatishda davom eting Telegram | Facebook |YouTube |Instagram