Postinhalt
Kelajakda yaxshiroq daromad topaman desangiz, albatta, aileaders.uz orqali Sun’iy intellektni o‘rganing! Hurmatli Prezidentimiz “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasiga rasmiy start berish tadbirida eng asosiy e’tiborni mamlakatimizdagi inson kapitaliga qaratdilar. Bizdagi demografiya va yoshlarning shijoatiga juda ko‘p iqtisodiy rivojlangan davlatlarning ekspertlari havas qilishadi. Shuning uchun ham yoshlarimiz kelgusida yanada raqobatbardosh bo‘lishlari uchun Sun’iy intellektni o‘rganib, undan o‘zlarining unumdorliklarini oshirishda foydalanishlari juda muhim. Bu esa aileaders.uz sayti orqali mutlaqo bepul va oson! Vaqtingizni bekor o‘tkazmang, vaqt borida o‘z malakangizni oshiring! BAA bilan hamkorlikdagi Sun’iy Intellekt Promptlarini yozish kursi juda oson va qisqa. Lekin u bilan kelgusida cheklanmay, ushbu saytimizdagi Coursera va boshqa hamkorlarimiz kurslarini ham tizimli o‘rganib boravering, shunda kelgusida shu sohada haqiqiy lider bo‘lasiz!