TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #4320

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten397Zuel vun Usiichten
Publizéiert5. Jan.05.01.2026 06:58
Inhalt

Postinhalt

#Qonunchilikdagi_yangiliklar 5 million sun’iy intellekt yetakchilari loyihasi amalga oshiriladi "Yoshlarni IT sohasiga jalb qilish, ularning raqamli bilim va ko‘nikmalarini oshirish orqali yuqori daromadli kasblarga yo‘naltirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Hukumat qarori (849-son, 31.12.2025 y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, "Bir million dasturchi" loyihasining mantiqiy davomi sifatida "Besh million sun’iy intellekt yetakchilari" loyihasi amalga oshiriladi. Har yili mazkur loyiha doirasida eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarni taqdirlash bo‘yicha milliy tanlov o‘tkazib boriladi. Bunda tanlov g‘oliblari pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar, jumladan: ▫️ 100 nafar o‘qituvchi 1 000 AQSH dollari ekvivalentida pul mukofoti; ▫️ 10 nafar o‘qituvchi xorijiy sayohatga yo‘llanma; ▫️ 500 nafar yoshlar noutbuk; ▫️ 500 nafar yoshlar qimmatbaho sovg‘alar; ▫️ 3 ta oliy ta’lim tashkiloti pul mukofoti; ▫️ 2 ta umumta’lim maktabi "Prezident sovg‘asi" – elektromobil bilan taqdirlanadi. 📝 Shuningdek, "Muhammad al-Xorazmiy vorislari" loyihasi doirasida yoshlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi: 🔹 raqamlashtirish sohasida zamonaviy kasblarga, jumladan, IT-loyiha boshqaruvchisi, startap loyihasi boshqaruvchisi hamda xorijiy tillarga bepul o‘qish; 🔹 xalqaro professional darajadagi IT-sertifikatlarni olish bo‘yicha o‘quv kurslarida bepul ta’lim olish. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot