Postinhalt
📢 YOSHLAR VA KO‘NGILLILAR UCHUN TANLOV! Ro‘yxatga olish tadbiri targ‘ibotni keng yoriting — qimmatbaho sovg‘alarni yutib oling! 🇺🇿 Mamlakatimizda 2026 yil 15 yanvardan 28 fevralgacha o‘tkaziladigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri munosabat bilan yoshlar va faol ko‘ngillilarni ushbu tadbirning mazmun-mohiyatini aholi orasida keng targ‘ib etishga chorlaymiz! ❗️Tanlovning asosiy maqsadi ✏️Ro‘yxatga olish jarayonini aholiga to‘g‘ri, tushunarli va qiziqarli tarzda yetkazish ✏️Tadbir haqidagi axborotni ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ✏️ Yoshlar o‘rtasida faollik va ijodkorlikni rag‘batlantirish 📹Tadbir haqida eng ko‘p va samarali targ‘ibot olib borgan yoshlarga: 🔠Smartfonlar 🔠Planshetlar 🔠Noutbuklar taqdim etiladi! 〰️〰️〰️〰️〰️ ❓ Tanlovda kim ishtirok etishi mumkin? ✔️ 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ✔️ Ko‘ngillilar, blogerlar, talabalar ✔️Axborotni ijtimoiy tarmoqlarda faol tarqatuvchi har qanday fuqaro 👍Ishtirok etish tartibi 🔘Ro‘yxatga olish tadbiri haqida targ‘ibot materiallarini tayyorlang (video, poster, matn, infografika va h.k.) 🔘Ularini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiring 🔘Maxsus xeshtegdan foydalaning: #royxatgaolish2026 🔘Materiallaringizni tanlov tashkilotchilariga yuboring 📌Mamlakat taraqqiyoti uchun har biringizning hissangiz muhim. Faol bo‘ling, axborotni to‘g‘ri yetkazing va qimmatbaho sovg‘alarni yuting! Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot