TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Inhalt
Postinhalt
#JadidlarMerosi Muxtorjon Saidjonov (1893–1937) — Buxoroda tug‘ilgan davlat arbobi, jadid va milliy uyg‘onish harakati namoyandasi. Muxtorjon Saidjonov dastlab eski usul maktabida, so‘ngra Mir Arab madrasasida, keyinchalik Kogondagi rus-tuzem maktabida tahsil olgan. Muxtorjon arab, fors, turk va rus tillarini yaxshi bilgan. Adabiyot, tarix va geografiya fanlarini chuqur o‘zlashtirgan. 1917-yildan Yosh buxoroliklar harakatida faol ishtirok etgan. Buxoro Xalq Sovet Respublikasida ichki ishlar noziri, davlat nazorati noziri kabi mas’ul lavozimlarda xizmat qilgan. Uning hayoti va faoliyati — millat ravnaqi yo‘lida fidoyilik timsolidir. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot