TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #4360

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten583Zuel vun Usiichten
PublizƩiert10. Jan.10.01.2026 08:40
Inhalt

Postinhalt

šŸ“Ma’naviy-ma’rifiy tashrif Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi Toshkent turizm va mehmonxona menejment texnikumining bir guruh oā€˜qituvchilari 2026-yil 10-yanvar kuni Oā€˜zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida oā€˜qituvchilar markaz faoliyati, unda namoyish etilayotgan boy tarixiy-ma’naviy meros, nodir qoā€˜lyozmalar hamda ilm-fan va madaniyatga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu tashrif ishtirokchilarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirib, milliy qadriyatlarimizga boā€˜lgan hurmat va qiziqishni yanada oshirdi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ta’lim jarayonida tarixiy merosimizni chuqurroq oā€˜rganish va yoshlar ongiga singdirishda muhim ahamiyat kasb etadi. ✨Ma’naviyat – yuksak taraqqiyot asosi!