Postinhalt
Onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi Prezident farmoni bilan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari census.stat.uz portali orqali onlayn roʻyxatdan oʻtadi. Bir kishi butun oilasi uchun roʻyxatga olish savolnomasini toʻldirishi mumkin. 🔒 Maʼlumotlar maxfiyligi kafolatlanadi. 💡 Nima uchun bu muhim? Roʻyxat natijalari: - davlatga aholining haqiqiy soni va tarkibi haqida aniq tasavvur beradi; - yangi ish oʻrinlari, maktablar, shifoxonalar va infratuzilmalarni rejalashtirishda asos boʻladi; - qishloq xoʻjaligidagi resurslarni toʻgʻri taqsimlash imkonini yaratadi. ❗️Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishning birinchi bosqichida 15-31-yanvar kunlari onlayn roʻyxatdan fuqarolar Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan tasodifiy tarzda tanlanib, qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishadi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot