TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #4374

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten354Zuel vun Usiichten
Publizéiert14. Jan.14.01.2026 04:41
Inhalt

Postinhalt

🇺🇿14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni 14-yanvar — yurtimiz mustaqilligi, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilayotgan jasur va mard o‘g‘lonlarimizga chuqur hurmat va e’tibor ifodalanadigan ulug‘ sana. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar, huquq-tartibot organlari xodimlari hamda Vatan ravnaqi va xavfsizligi yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan barcha himoyachilar — Yangi O‘zbekiston tayanchi va ishonchli qalqonidir. Bugungi kunda milliy armiyamiz zamonaviy bilim va mahoratga ega, yuksak ma’naviyatli, vatanparvar kadrlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Bu esa xalqimizning tinch va farovon hayotining eng muhim kafolatidir. Shu ulug‘ ayyom munosabati bilan barcha Vatan himoyachilarini kasb bayramlari bilan samimiy tabriklaymiz, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, mas’uliyatli va sharafli xizmatlarida ulkan zafarlar tilaymiz. Vatanga sadoqat — oliy burch! Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot