Postinhalt
🇺🇿🤝🇨🇳Xalqaro ta’lim hamkorligi yo‘lida muhim tashrif 2025-yil 9–13-dekabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurgan “TAN International Education and Technology” (TANG) kompaniyasi delegatsiyasi texnikumimizda mehmon bo‘ldi. Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari: texnikum faoliyati, o‘quv va amaliy dars jarayonlari, moddiy-texnika baza hamda ta’lim sifati bilan yaqindan tanishdilar. 👥 Delegatsiya tarkibi: Li Szinsun — “TAN International Education and Technology” guruhi asoschisi va raisi Lin Tsyan — xalqaro ishlar bo‘yicha doimiy hamkor Syu Xaytao — xalqaro aloqalar direktori Lo Yuytszin — xalqaro ishlar bo‘yicha doimiy hamkor 🌏“TAN International Education and Technology” — raqamli ta’lim texnologiyalari asosida Xitoy va xorijiy davlatlar o‘rtasida xalqaro ta’lim hamkorligini yo‘lga qo‘yuvchi, texnik va kasbiy ta’lim hamda sanoat kooperatsiyasi uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan nufuzli xalqaro kompaniya hisoblanadi. Delegatsiya vakillari texnikumimizda amalga oshirilayotgan ta’lim jarayonlariga yuqori baho berib, kadrlar tayyorlash, raqamli ta’lim texnologiyalari hamda “xitoy tili + kasbiy ko‘nikma” formatidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish bo‘yicha hamkorlik qilish taklifini bildirdilar. 🤝Ushbu tashrif texnikumimiz uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.