Postinhalt
#Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️Sport kurashlari bo‘yicha Prezident kubogi o‘tkazib boriladi "Sport kurashlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori (PQ–22-son, 21.01.2026 y.) qabul qilindi. ✔️ Qarorga ko‘ra, 2026-yildan sport kurashlari bo‘yicha quyidagi musobaqalar muntazam o‘tkazib boriladi: ▪️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi; ▪️ Bosh prokuror kubogi; ▪️ "O‘zbekiston botirlari" turniri; ▪️ Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchilari va xodimlari o‘rtasida kubok va chempionatlar. 🏛 O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi huzurida Mintaqaviy sport kurashlari akademiyasi (Akademiya) tashkil etiladi. ✅ Sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat maktablarida milliy kurash va sport kurashlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi 🔗 2026/2027 o‘quv yilidan har bir tuman (shahar)da 1 tadan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sport kurashlariga ixtisoslashgan sport klublari tashkil etiladi va kurash mahorat maktablariga biriktiriladi. ☑️ Sportchilarni zamonaviy ilmiy-metodik yondashuvlar asosida tayyorlash uchun xorijiy trenerlar va mutaxassislar jalb etib boriladi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot