TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #4413

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten412Zuel vun Usiichten
Publizéiert23. Jan.23.01.2026 16:36
Inhalt

Postinhalt

Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida "Belissimo PIZZA" bilan hamkorlik memorandumi imzolandi Bugun Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida xizmat ko‘rsatish sohasidagi yetakchi brendlardan biri — "Belissimo PIZZA" kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum doirasida texnikum o‘quvchilarini ishlab chiqarish amaliyotiga jalb qilish, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, kelgusida ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirish kabi muhim vazifalar belgilab olindi. Uchrashuv davomida "Belissimo PIZZA" mutaxassislari ishtirokida master-klass ham tashkil etildi. Unda o‘quvchilar sohaga oid amaliy bilim va tajribalar bilan yaqindan tanishib, professional mahoratni oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ushbu hamkorlik ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada mustahkamlab, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash hamda yoshlar bandligini ta’minlashga muhim hisoblanadi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot