TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Inhalt
Postinhalt
Kasbiy ta’lim tashkilotlari va akademik litseylarda faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifasini berish uchun pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjatlar qabuli davom etmoqda. pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjat topshirish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (One ID)dan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Belgilangan tartibga ko‘ra, pedagog kadrlardan hujjatlar qabul qilish joriy yilning 1-mart kuniga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot