TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #4428

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten424Zuel vun Usiichten
Publizéiert27. Jan.27.01.2026 13:59
Inhalt

Postinhalt

🏫 Toshkent shahar Kasbiy ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida 📚 o‘quv jarayonlari innovatsion va ijodiy yondashuv asosida tashkil etilmoqda. 🎨 Texnikum o‘quvchilari ingliz tili o‘qituvchilari hamrohligida 📌 “Culture (Madaniyat). Every country has its own culture” mavzusida 🖼 Art galereyada ko‘chma dars mashg‘uloti o‘tkazildi. ✨ Dars jarayoni o‘zgacha va qiziqarli muhitda tashkil etilib, galereyada namoyish etilgan san’at asarlari orqali turli mamlakatlar madaniyati, milliy qadriyatlari va san’atining o‘ziga xos jihatlari muhokama qilindi. 👨‍🎨 E’tiborlisi, rassomning o‘zi dars jarayonida ishtirok etib, har bir asar mazmuni, yaratilish g‘oyasi va undagi madaniy ramzlar haqida o‘quvchilarga batafsil ma’lumot berdi. 📖 Ushbu ko‘chma mashg‘ulot o‘quvchilarning ingliz tilida muloqot qilish ko‘nikmalarini, estetik tafakkurini va madaniyatlararo bilimlarini yanada boyitdi. 🌍 Har bir davlat — o‘ziga xos madaniyat egasi!