Postinhalt
#JadidlarMerosi Tavallo — millat dardi bilan yashagan shoir To‘lagan Xo‘jamyorov (Tavallo) XX asr boshidagi jadid adabiyotining yorqin namoyandasi, millat dardi va hurriyat g‘oyalarini she’riyat orqali jaranglatgan shoir edi. Uning ijodida xalqni ilm-fan va taraqqiyot sari chorlovchi da’vatlar markaziy o‘rin tutadi. “Ravnaq ul-islom” to‘plami, publitsistik chiqishlari hamda hajviy she’rlari orqali Tavallo milliy ong, erk va adolat masalalarini dadil ko‘tarib chiqdi. Teatr, matbuot, ta’lim va xotin-qizlar hurriyati kabi dolzarb mavzular shoir dunyoqarashining muhim qismi bo‘ldi. Uning so‘zi zamon ruhini uyg‘otdi, fikri esa jamiyatni o‘ylashga majbur qildi. 1937-yil qatag‘onlari Tavalloning umrini to‘xtatdi, ammo uning erkinlik va millat uchun aytilgan so‘zi tarixda mangu qoldi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot