TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #4456

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten458Zuel vun Usiichten
Publizéiert29. Jan.29.01.2026 07:32
Inhalt

Postinhalt

#Qonunchilik_yangiliklari Ayrim toifadagi talabalarning yotoqxona xarajatlari Davlat byudjetidan qoplab beriladi Hukumatning 2026-yil 28-yanvardagi 32-son qaroribilan Ayrim toifadagi talabalarning davlat oliy taʼlim tashkilotlari talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Nizom bilan quyidagi tartiblar belgilandi: ➖talabalar turar joylarida yashovchi ayrim toifadagi talabalar ro‘yxatini shakllantirish tartibi; ➖talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlarini qoplab berishni komissiya tomonidan ko‘rib chiqish tartibi; ➖talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlarini Davlat budjeti hisobidan moliyalashtirish va qoplab berish tartibi. Ushbu imtiyozdan “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarning kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan farzandlari foydalanishi mumkin. Toʻlovlar talaba grant yoki kontrakt asosida oʻqishidan qatʼi nazar amalga oshiriladi. Qarorga koʻra, talabalar TTJga ustuvorlik asosida navbatsiz qabul qilinadi. Agar davlat yotoqxonasi boʻlmasa, talabalar davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan turar joylarga joylashtirilishi mumkin. Toʻlovlar har oyning 15-sanasiga qadar talabaning bank plastik kartasiga oʻtkazib beriladi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot