TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI
TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI avatar

TGINSIGHT POST

Post #4457

@ttmmtrasmiy

TOSHKENT TURIZM VA MEHMONXONA MENEJMENTI TEXNIKUMI

Usiichten467Zuel vun Usiichten
Publizéiert30. Jan.30.01.2026 11:51
Inhalt

Postinhalt

“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2026-yilgi saralash bosqichiga start berildi! Mazkur mukofot jamiyatimizning turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan, mardlik, jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlari bilan ajralib turgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taʼsis etilgan. ✅Kimlar ariza topshirishi mumkin? 🟢Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, loyihalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan; 🟢O‘z sohasida chuqur bilim, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni namoyon etgan; 🟢14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yigitlar. 📄 Hujjatlarni topshirish muddati: Joriy yilning 1-martiga qadar, arizalarni yashash manzilingiz bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga topshirishingiz mumkin. 🗂 Qo‘shimcha maʼlumot uchun nizom bilan tanishishingiz mumkin: 👉Nizomni ko‘rish Jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotgan iqtidorli yoshlarni eʼtirof etish va rag‘batlantirish bizning burchimiz. Mukofot uchun daʼvogarlik qilayotgan barcha nomzodlarga muvaffaqiyatlar tilaymiz! #MardOʻgʻlon#MardlikVaJasorat Boshqarmaning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram|Facebook| Telegram-bot